«Aziya Plyus»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi Roğun GES ikkinçi gidroagregati 2019 yil aprel oyida, rejalaştirilgan sanada işga tuşirilmasligini ma'lum qildi.

Roğun GES ikkinçi turbinasini işga tuşiriş muddati keçiktirilganini «Axbor» saytining Energetika vazirligi va «Barki tojik» kompaniyasidagi manbalari ham tasdiqladi. Uşbu yangilik Tojikistonning aksar hududlarida aholi hamda korxonalarni elektr energiyasi bilan ta'minlaşda çeklovlar joriy etilganiga bir oy bölgani fonida tarqaldi. Qayd etilişiça, bu limit Roğun GES qurilişida yuzaga kelgan muammolar bilan boğliq. Rasmiylar bu miş-mişlarni hali izohlamadi.

«Bu şu oyda aniq yuz bermaydi, agregatni işga tuşiriş böyiça aniq muddat keyinroq e'lon qilinadi», - degan «Aziya Plyus»ning hukumatdagi manbasi.

«Aziya Plyus»ning yozişiça, mas'ul idoralar Roğun GES ikkinçi turbinasini işga tuşiriş muddati keçiktirilganligi haqidagi ma'lumotni izohlamayapti. Şuningdek, rasmiylar Tojikiston uçun muhim bölgan GESning ikkinçi gidroagregatini işga tuşiriş marosimi qaçon ötkazilişi böyiça xabar bermadi.

Şu bilan birga, «Axbor» saytining «Barki Tojik» kompaniyasidagi manbasi xabariga köra, agar boşqa jiddiy tösiqlar bölmasa, Roğun GES ikkinçi gidroagregati may oyining ikkinçi yarmi yoki iyun oyida işga tuşiriladi.

Bundan oldin, Roğun GES töğonini quriş apreldan davom ettirilişi xabar berilgandi.

2018 yil noyabr oyi örtalarigaça Roğun GES töğoni balandligi 75 metrdan oşdi. Suv omboridagi suv miqdori 214 million kubometrni taşkil etdi. Kötarma qurilişining davomi joriy yil aprel oyida boşlanişi kutilgandi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning 16 noyabrida Roğun GESda gidro elektr stansiya birinçi agregatining tantanali ravişda işga tuşirilişi bölib ötdi. Öşa kundan beri va 2018 yil oxirigaça gidro stansiya tomonidan 90,3 mln. kVt/s elektr energiya işlab çiqarildi.