Jahon banki “Oldinga yöl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qöllab-quvvatlaş” nomli hisobotini taqdim etdi.
Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga ta’siri tahlil qilingan.
“Özbekistonlik muhojirlar oqimi köproq diversifikatsiyalangan”
Dunyo böylab jami migrantlarning uçdan bir qismi – 100 million nafari Yevropa va Markaziy Osiyoda yaşaydi. Migratsiya mintaqa taraqqiyotidagi muhim masala bölib qolmoqda. Daromadlar örtasidagi tafovut, demografik nomutanosiblik, iqlim özgarişi va qurolli mojarolar butun dunyo böylab migratsiya oqimining ösişiga hissa qöşişda davom etmoqda.
2020 yilda Qozoğistondan çiqib ketgan 4 million muhojirning deyarli uçdan ikki qismi Rossiyaga, çorak qismi esa Germaniyaga işlaşga borgan.
Qirğiziston va Tojikistondan bölgan muhojirlarning Rossiya iqtisodiyotiga boğliqligi bundan ham yuqori. 2023 yil holatiga köra, tojikistonlik va qirğizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortiği Rossiyaga yöl olgan.
Özbekistonlik muhojirlar oqimi köproq diversifikatsiyalangan: 57 foizi Rossiyada, 15 foizi Qozoğistonda va 10 foizi Ukrainada işlaydi.
“Pul ötkazmalari bölmaganda Özbekistonda kambağallik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizga oşişi mumkin edi”

Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnat migratsiyasi millionlab fuqarolar uçun asosiy daromad manbalaridan biri bölib qolmoqda.
2024 yil holatiga köra, mehnat muhojirlarining pul ötkazmalari Tojikiston yalpi içki mahsulotining 45 foizini taşkil etdi – bu nisbiy ma’noda dunyodagi eng yuqori körsatkiçdir. Qirğizistonda pul ötkazmalarining YaIMdagi uluşi 24 foiz, Özbekistonda esa 14 foizni taşkil etdi.
Bu mamlakatlardan kelgan muhojirlar çet elda işlaş orqali öz daromadlarini ikki yoki uç baravar oşirişlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmuş darajasini sezilarli yaxşilaydi. Xususan, Qirğizistonda pul ötkazmalari oladigan uy xöjaliklari orasida kambağallik darajasi 10 foizdan kam, ularsiz esa 50 foizdan oşgan bölardi.










