O‘zbekiston | 09:33 / 10.04.2019
4143
4 daqiqa o‘qiladi

Xususiy klinikalardagi psixiatrlar kabineti qanday jihozlanadi?

Foto: Shutterstock

Sog‘liqni saqlash vazirining 5.04.2019 yildagi 2905-3-son buyrug‘i bilan «psixiatriya» va «tibbiy buyumlar va uskunalar sterilizatsiyasi» ixtisoslik turlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalarga eng kam talablar tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, ular joriy yilning 6 iyulidan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar litsenziya asosida ishlaydigan barcha tibbiyot tashkilotlari uchun majburiy.

2019 yil 1 maydan xususiy tibbiyot klinikalariga ayrim ruhiy holat buzilishlarini tashxis qilish va davolashga ruxsat etilganligi sababli psixiatriya yordami ko‘rsatish chog‘ida mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar ro‘yxati joriy etildi.

Qabul qilingan hujjatda ruhiy kasalliklar yuzasidan maslahat beruvchi, ularni diagnostika qiluvchi va konservativ usulda davolovchi ambulator va statsionar tipdagi tibbiyot klinikalarida aynan nimalar bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Ambulator klinikalardagi tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar ro‘yxati

Statsionar klinikalardagi tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar ro‘yxati

1) tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;

2) vrach uchun ish stoli;

3) stullar;

4) kushetka;

5) muolaja o‘tkaziladigan xonalarda statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;

6) tonometr va fonendoskop;

7) nevrologiya bolg‘achasi;

8) tibbiyot termometri.

 

1) steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol (kamida 2 dona);

2) vrach uchun ish stoli;

3) hamshiralar posti uchun stol;

4) stullar;

5) kushetka;

6) karavotlar;

7) muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;

8) palatalar uchun ko‘chma bakteriotsid lampa;

9) suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan shtativ (kamida 2 dona);

10) tonometr va fonendoskop;

11) nevrologiya bolg‘achasi;

12) tibbiyot termometri.

Tibbiy buyum va uskunalar sterilizatsiyasi bo‘yicha faoliyat – autsorsingga

Endi xususiy tibbiyot tashkilotlari ham ushbu ixtisoslik turini amalga oshira oladilar. Bunga Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3450-son qarori asos bo‘ldi, unda ayrim yordamchi xizmat turlarini DXSh asosida sog‘liqni saqlashning xususiy sektoriga o‘tkazish nazarda tutilgan.

Shu tariqa, sog‘liqni saqlash vazirining 5.04.2019 yilda 2908-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i (xuddi shu sanadan kuchga kirdi) bilan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga («Tor ixtisosliklar turlari» bo‘limi «Tibbiy-profilaktika ishi yo‘nalishi» bobi) tegishli qo‘shimcha kiritildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan 2905-3-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyruqda esa sterilizatsiya tashkilotlarida bo‘lishi zarur bo‘lgan asbob-uskunalarga eng kam talablar belgilandi. Ro‘yxat 13 ta nomlanishni o‘z ichiga olgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid