Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bir yilda 1300dan ortiq xususiy tibbiy klinika faoliyat boshladi
Faoliyat boshlagan klinikalarning katta qismi aholi zich joylashgan va iqtisodiy faol hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining ma’lum qilishicha, 2025 yilda O‘zbekistonda 1 329 ta tibbiy klinika litsenziya olib, faoliyat boshladi.
Qayd etilishicha, faoliyat boshlagan klinikalarning katta qismi aholi zich joylashgan va iqtisodiy faol hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Toshkent shahrida 251 ta, Farg‘ona viloyatida 169 ta, Samarqand viloyatida 129 ta, Andijon viloyatida 121 ta va Qashqadaryo viloyatida 117 ta klinika faoliyat boshlagan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 95 ta, Buxoro viloyatida 91 ta, Namangan viloyatida 74 ta, Xorazm viloyatida 71 ta, Surxondaryo viloyatida 62 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 ta va Navoiy viloyatida 50 ta klinika ish boshlagan.
Ayrim hududlarda, jumladan Jizzax viloyatida 30 ta va Sirdaryo viloyatida 15 ta klinika faoliyat boshlagan bo‘lib, bu hududlarda xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish uchun imkoniyatlar saqlanib turganligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 9 000 dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
19:22 / 23.05.2026
O‘zbek jarrohi tomonidan ilk bor masofadan turib robot jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:27 / 08.05.2026