Davolaniş uçun tibbiyot muassasasi tanlaşda klinikaning reklama roliklari yoki taşqi körinişiga emas, balki uning qonuniy faoliyati va bemorlar xavfsizligini ta’minlaş böyiça qay darajada talablarga javob berişiga qarab qaror qabul qiliş zarur.

Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markazining ma’lum qilişiça, tibbiyot muassasasi qonuniy va xavfsiz faoliyat yuritayotganini quyidagi belgilar orqali aniqlaş mumkin:

✅ Lisenziya va hujjatlar oçiqligi – klinika tibbiy faoliyatga ruxsat beruvçi litsenziyaga ega bölişi, u oçiq joyda ilingan yoki söralganda bemorga oson taqdim etilişi kerak. Bu muassasaning qonuniy faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
✅ Tozalik va sanitariya – xona va yölaklar, kutiş zali, sanitariya xonalari toza va gigiyena qoidalariga mos bölişi şart. Dezinfeksiya işlari muntazam olib borilişi, işlatilgan bir martalik anjomlar töğri utilizatsiya qilinişi muhim.
✅ Malakali tibbiyot xodimlari – şifokor va hamşiralar tegişli diplom, malaka töğrisidagi hujjatlar va sertifikatlarga ega bölişi lozim. Bemor zarurat tuğilganda mutaxassisdan özining malakasi va tajribasi haqida ma’lumot söraş huquqiga ega.
✅ Uskunalarning sozligi va xavfsizligi – diagnostika va davolaş uskunalari texnik jihatdan soz holda bölişi, metrologik tekşiruvlardan ötganligi va xavfsizlik standartlariga mosligi talab etiladi. Nosoz yoki sertifikatlanmagan uskunalar salomatlikka jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
✅ Bemorlar bilan oçiq muloqot va şaffoflik – klinika xodimlari taşxis, davolaş rejasi, ehtimoliy asoratlar va xizmatlar narxi haqida bemorga oydin va tuşunarli ma’lumot berişi zarur. Şartnoma, çek va körsatiladigan xizmatlar röyxati oçiq bölişi kerak.
✅ Şoşilinç holatlarga tayyorgarlik – klinikada şoşilinç tibbiy yordam körsatiş imkoniyatlari, zarur dori-darmonlar zaxirasi va bu yönalişda tayyorgarlikka ega xodimlar bölişi muhim. Bu kutilmagan asoratlar yuzaga kelganda bemor hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.

Markaz mutasaddilarining ta’kidlaşiça, fuqarolar uşbu talab va mezonlarga amal qilgan holda klinika tanlasa, nafaqat soğayiş jarayoni samaradorligini, balki öz xavfsizligini ham ta’minlaşi mumkin.