Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya yetakchisi sanksiyalarga zarbalar bilan javob berishga chaqirdi
Foto: EPA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatga ta'sir qilish uchun sanksiyalar qo‘llayotganlarga zarbalar berishga chaqirdi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar berishicha, Kim Chen In bunday bayonotni Pxenyanda 10 aprelda o‘tgan Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi sessiyasida bergan.
“Biz rivojlanayotgan sotsialistik iqtisodiyot bayrog‘ini izchil ko‘tarib, bizni sanksiyalar bilan tiz cho‘ktira olaman deb xato o‘ylayotganlarga zarbalar berishimiz lozim”, deb aytgan Kim Chen In.
Uning ta'kidlashicha, sanksiyalar solinishi “Shimoliy Koreya hukumati tomonidan o‘z kuchlariga tayanib siyosat yuritayotganining to‘g‘riligini isbotlaydi”, bunday siyosatda milliy iqtisodiyot o‘z texnologiyalari va zaxiralariga tayanishi hamda mustaqil bo‘lishi kerak.
Yonhap’ning ta'kidlashicha, Kim Chen In bu haqda AQSh va Janubiy Koreya prezidentlarining Vashingtondagi uchrashuvi arafasida aytib o‘tdi. 11 aprelda o‘tadigan uchrashuvda tomonlar Shimoliy Koreya yadro masalasini hal qilish yo‘llarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
21:44 / 28.01.2026