Jamiyat | 09:22 / 11.04.2019
6551
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aprelning birinchi haftasida 2 688 marta YHQ buzilishi holatlari qayd etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

2019 yilning 1 aprelidan 7 aprel kunigacha poytaxt yo‘llarida haydovchilar 2 688 marta yo‘l harakati qoidalari buzilganliklari Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan aniqlandi. 

Transport vositalari yoritish moslamalaridan foydalanish qoidalari buzilishi bilan bog‘liq faktlarga alohida e'tibor berildi (shu bilan birga, zavodda o‘rnatilgan yoritish moslamalarini “ksenon” va “led”larga o‘zgartirish holatlariga ham): shanba kunining o‘zida (6 aprel) bu kabi qoidabuzarlik bilan jarima maydonchasiga o‘ndan ortiq avtomobillar yo‘naltirildi.

Haftalik umumiy statistika raqamlari bilan quyida keltirilgan jadvalda tanishish mumkin.

Eng sezilarli yo‘l muammolaridan biri yo‘l harakati ishtirokchilarining bir-birlarini hurmat qilmasligidir. Yo‘l harakati ishtirokchilari bu faqat avtomobil haydovchilari emas, balki mototsiklchilar, velosipedchilar, aravalar, hamda piyodalardir. Har bir ishtirokchining o‘z huquq va majburiyatlari bor. 

Yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari orasida piyodalarga hurmatsizlik ifoda etadigan qoidabuzarliklardan biri – transport vositasida piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab harakatlanishdir: shu haftaning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi bayonnomalarda 281 marta keltirilgan.

Piyodalar ham qonunchilik talablariga rioya etmaydilar: belgilangan davr ichida piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi 1390 marta qayd etilgan.

Tekshiruv davomida haydovchilarda transport vositasini boshqarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topilmagan holatlari 78 marta qayd etildi. Muammoni jiddiy sanamagan haydovchilar ko‘pincha hujjatlarini boshqa ust kiyimlarining cho‘ntagida “unutib” qoldiradilar. Ammo bu kabi holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga  muvofiq sanksiyalar qo‘llaniladi.
          
Svetoforning taqiqlovchi belgisiga o‘tib ketish qoidabuzarligi Toshkent shahar YHXB inspektorlari tomonidan 75 marta qayd etildi. Qoidabuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
            
Shuningdek 1 apreldan 7 aprelgacha bo‘lgan muddatda 251 marta quvib o‘tish qoidalari buzilgan, 68 marta transport vositasini boshqarish davomida telefondan foydalanilgan, 38 ta avtomobillarning oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan, 16 ta holat YHXB YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liq va hokazo.

Umumiy miqdorda 189 ta transport vositalari IIB xodimlari tomonida jarima maydonchasiga YHQ qo‘pol tarzda buzilganligi uchun yo‘naltirilgan.

Haydovchilar o‘z transport vositalarini spirtli ichimlik ta'siri ostida boshqarib o‘zlariga sarguzasht izlashda davom etishmoqda, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga muvofiq transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu ro‘yxatda 53 nafar shaxs bor.

Bundan oldin, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid