Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB Toshkentda fuqaro PPX xodimlari tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarni rad etdi
IIBB xabariga ko‘ra, internet tarmog‘ida tarqalgan, hovlibon bo‘lib ishlovchi 57 yoshli B.M. patrul-post xizmati xodimlari tomonidan asossiz ravishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs deb kaltaklangani to‘g‘risidagi xabar haqiqatdan yiroq.
Bildirilishicha, 9 aprel kuni taxminan soat 18:10da 102 raqamiga Yashnobod tumani Aviasozlar massivi 4-kvartalidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilgan. Yigitning xabar berishicha, uning eshigini mast holdagi noma'lum shaxs taqillatayotgan bo‘lgan. Yetib kelgan profilaktika inspektori va PPX xodimlari voqea joyida o‘zini B.M. deb tanishtirgan erkak kishini ko‘rganlar.
IIBB xabarida qayd etilishicha, ilgari ushbu shaxs jamoat joylarida spirtli ichimlik ichganligi va jamoat tartibini buzganligi uchun bir necha bor ichki ishlar organlariga olib kelingan.
B.M. ancha ilgari sotgan Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi uyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ya'ni, u haqiqatdan ham muayyan yashash joyiga ega emas va hech qayerda ishlamaydi, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan xodimlar tomonidan B.M.ga Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashishda hamda ish topishda yordam taklif qilingan. Ammo B.M. qat'iyan rad javobini bergan. Yuzidagi g‘urra (gematoma) qanday paydo bo‘lgani haqidagi savolga bu narsa yodida emasligini ma'lum qilib, spirtli ichimlik ichadigan hamtovoqlari bilan janjallashgani natijasida paydo bo‘lganini taxmin qilgan.
“Tegishli organlardan barcha tafsilotlarni aniqlashtirmasdan ishonchsiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB bayonotida.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026