Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayoni yanada soddalashtiriladi (batafsil)
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonini soddalashtirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
9-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
“a” kichik bandidan uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
“b” kichik bandidan uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 7-bandining (Birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi) “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomning 8-bandining (Lisenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi) “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda:
2-bandning (Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi) ikkinchi xatboshidan “(ularning amal qilish muddatini uzaytirish)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
5-banddagi (Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi) “5 yil muddatga” degan so‘zlar “cheklanmagan muddatga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
8-banddan (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi) uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 8-1-band bilan to‘ldiriladi:
“8-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
16-banddan (Lisenziyalovchi organ hamda lisenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak) oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
yettinchi–o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
V bo‘lim (Lisenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish) nomidan “uning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
24-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish lisenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
25-banddagi (Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga lisenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda lisenziat yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e'lon berishi, shuningdek e'lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart) “Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan” degan so‘zlar “Yo‘qolgan” degan so‘z bilan almashtiriladi;
31-banddan (Lisenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi) beshinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
33-bandning (Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o‘ttiz besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi) birinchi xatboshisidan “va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 12-bandida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi litsenziyalovchi organlar so‘rovlariga binoan ularga uch kun muddatda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy va noqonuniy muomalada bo‘lishiga doir o‘zida mavjud bo‘lgan ma'lumotlar banki asosida litsenziya talabgorlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi–o‘n ikkinchi xatboshilar hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida 2003 yil 24 sentyabrdagi 410-son qarorida:
a) 2-ilovada (Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom):
7-bandida (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldiriladi:
“7-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
b) 3-ilovada (Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom):
7-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–beshinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldiriladi:
“7-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.”
v) 4-ilovada (Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom):
7-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–sakkizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
g) 5-ilovada (Mudofaa obektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom):
7-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–oltinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldiriladi:
“7-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
d) 6-ilovada (Xavfi yuqori bo‘lgan obektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom):
7-bandida (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–beshinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 7-1-band bilan to‘ldiriladi:
“7-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
4-banddagi (Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi) “5 yil muddatga” degan so‘zlar “cheklanmagan muddatga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
6-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
7-bandning (Lisenziya talabgorining arizasini litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi) ikkinchi xatboshisidan “va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
10-bandda (Lisenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak):
oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
yettinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
11-band (Lisenziyaning amal qilish muddati tugagach u lisenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
13-bandda (Lisenziyalovchi organ qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar reyestrini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi):
beshinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi–sakkizinchi xatboshilar hisoblanadi;
beshinchi xatboshidan “ularning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Diniy ta'lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
6-banddagi (Diniy ta'lim sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi) “5 yil muddatga” degan so‘zlar “cheklanmagan muddatga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
9-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha uchinchi–o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 9-1-band bilar to‘ldiriladi:
“9-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
15-bandda (Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi):
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi – o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
V bo‘lim (Lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal
qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish) nomidagi “ularning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
25-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish lisenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
26-banddagi (Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga lisenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin) “Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan” degan so‘zlar “Yo‘qolgan” degan so‘z bilan almashtiriladi;
33-bandda (Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi):
beshinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
beshinchi xatboshidan “ularning amal qilish muddatini uzaytish” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
35-bandning (Diniy ta'lim muassasalariga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi) birinchi xatboshisidan “va uning amal qilish muddatini uzaytirganligi” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
9-bandning (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi) “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan to‘ldiriladi:
“9-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”.
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 30 dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
11-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi – o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi – o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 sentyabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
II bo‘lim (Lisenziya berish (uning amal qilish muddatini uzaytirish) uchun zarur bo‘lgan litsenziya talablari va shartlari) nomidan “(uning amal qilish muddatini uzaytirish)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
8-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar ham hisobga olinadi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
9-bandda (Lisenziya talabgori litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi – o‘ninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi – to‘qqizinchi xatboshilar hisoblanadi;
15-bandda (Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi):
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘qqizinchi – o‘n beshinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
V bo‘lim (Lisenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish) nomidan “uning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
25-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish lisenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
26-banddagi (Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga lisenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda lisenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni litsenziyalovchi organga taqdim etishi kerak) “Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan” degan so‘zlar “Yo‘qolgan” degan so‘z bilan almashtiriladi;
32-bandda (Ishchi guruh litsenziyalar reyestrini yuritadi):
oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
yettinchi – o‘n birinchi xatboshilar tegishincha oltinchi – o‘ninchi xatboshilar deb hisoblanadi;
yettinchi xatboshidagi “ularning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomda:
7-band (Lisenziya besh yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Lisenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan hisoblanadi) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“7. Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi”;
8-bandning (Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi) o‘n ikkinchi xatboshisidagi “har ikki yilda” degan so‘zlar “har besh yilda” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
16-bandning (Lisenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi) uchinchi xatboshisidan “va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
17-bandda (Lisenziyalovchi organ va lisenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydigan litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak):
oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
yettinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
V bo‘lim (Lisenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish) nomidan “uning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
26-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish lisenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
27-bandda (Yo‘qolgan yoki amal qilish muddati o‘tmagan yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga lisenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin. Lisenziyalar dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi):
birinchi xatboshidan “amal qilish muddati o‘tmagan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
ikkinchi xatboshidan “, unda oldingi litsenziyada ko‘rsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan bo‘lishi kerak” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
31-bandda (Lisenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida yuritadi):
beshinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyundagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
6-band (Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi, litsenziyaning muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“6. Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi”;
9-bandda (Lisenziya olish uchun litsenziya talabgori ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi):
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlanadi;
beshinchi–o‘ninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi–sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan to‘ldiriladi:
“9-1. Lisenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno”;
14-bandda (Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi):
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
to‘qqizinchi–o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi–o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
V bo‘lim (Lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish) nomidagi “uning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
24-band (Lisenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish lisenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;
25-banddagi (Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga lisenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin) “Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan” degan so‘zlar “Yo‘qolgan” degan so‘z bilan almashtiriladi;
31-bandda (Ishchi organ ta'lim turlari bo‘yicha litsenziyalar reyestrini yuritadi):
oltinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
yettinchi–o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
oltinchi xatboshidan “ularning amal qilish muddatini uzaytirish,” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
32-bandning (Nodavlat ta'lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi) birinchi xatboshisidan “va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining Tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son qaroriga ilovada 8-bandning (Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda) “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomning 8-bandining (Quyidagilar turizm faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi) “b” va “v” kichik bandilaridagi “3 yil muddatga” degan so‘zlar “5 yil muddatga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 6 iyundagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaning rus tilidagi matnida:
3 va 4-pozitsiyasi “Sroki rassmotreniya” ustunida “20 dney” degan so‘zlar “10 dney” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
14.8 va 14.9-pozitsiyalar chiqarib tashlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 30 sentyabrdagi 777-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomda:
30-bandning (Ishchi organ litsenziyalovchi organdan da'vogarning arizasini olgan kundan) ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlanadi;
to‘rtinchi–oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi–to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 42-bandida (Gazdan foydalanish uskunasini ko‘rikdan o‘tkazish va tabiiy gaz uzatishga ruxsatnoma berish iste'molchining arizasi tushgan kundan boshlab, 10 ish kuni mobaynida gaz ta'minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi):
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi (Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan) uchinchi xatboshisidagi “bir yil muddatga” degan so‘zlar “besh yil muddatga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
21:22 / 18.04.2026