Jahon | 00:45 / 13.04.2019
28507
2 daqiqa o‘qiladi

S-500 majmualari deyarli tayyor bo‘lib qolgani ma'lum qilindi

Foto: Defence.ru

Rossiyaning S-500 “Prometey” zenit raketa majmuasi va bir qator istiqbolli radiolokatsion stansiyalar yakunlanish arafasida, deb ma'lum qildi Rossiya harbiy-koinot kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari – havo va raketa hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Yuriy Grexov.

Uning ta'kidlashicha, yaqin orada qo‘shinlarga o‘rta masofalarga mo‘ljallangan S-350 “Vityaz” majmuasi yetkazilishi kutilmoqda. Bu majmuaning ilk namunasini marshal Georgiy Jukov nomidagi harbiy-koinot kuchlari harbiy akademiyasi raketa qo‘shinlari o‘quv markazi olishi kutilmoqda. 

Grexovning aytishicha, S-350 “Vityaz” va S-500 “Prometey” majmualari “barcha jarayonlar va harbiy ish operatsiyalarining maksimal avtomatlashtirilishi bilan mahalliy zamonaviy elementlar negizida” yaratilgan. 

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, S-500 majmuasi 600 km ta'sir doirasiga ega va bir vaqtda soniyasiga 7 km tezlik bilan harakatlanayotgan 10 ta ballistik raketani aniqlab, urib tushira oladi hamda gipertovush tezliklaridagi jangovar bloklarni ushlay oladi.  

Mavzuga oid