Rossiyaning yangi avloddagi havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi S-500 2021 yilda yaratiladi. Avvalroq S-500 elementlari yaratilgani, uning soddaroq versiyasi sinovlardan ötkazilayotgani ma'lum qilingandi. 

Rossiya havo-koinot kuçlari boş qömondoni örinbosari general-leytenant Andrey Yudinning ma'lum qilişiça, 2021 yilda S-500 tizimi işlab çiqilişini yakunlaş rejalaştirilgan. 

2019 yil dekabrida Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Aleksey Krivoruçko S-500’ning dastlabki sinovlari 2020 yilda boşlanişi, harbiylar tizimning birinçi seriyali namunasini 2025 yilda olişlari ma'lum qilingandi.  

“Armiya-2020” forumida Rossiya boş vaziri örinbosari Yuriy Borisov jurnalistlarga S-500 davlat sinovlaridan ötayotgani, uni seriyali işlab çiqariş uçun butlovçi qismlar sotib olinayotganini ma'lum qilgan.

2020 yil iyulda Rossiya havo-koinot kuçlari boş qömondoni Sergey Surovikin S-500 tizimi yaqin fazodagi sun'iy yöldoşlarni va barça modifikatsiyadagi gipertovuşli qurolni yöq qila olişini ma'lum qilgan.

S-500 “Almaz-Antey” konserni tomonidan zenit-raketa tizimlarining yangi avlodi sifatida işlab çiqilmoqda.

Ğarb matbuotida yangi mudofaa tizimi sinovlar vaqtida 481 km uzoqlikdagi nişonni möljalga olgani, bu esa hozirgi vaqtda mavjud har qanday havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarining bu boradagi körsatkiçlaridan 80 kmga köproqligi ma'lum qilingan.