Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning S-500 majmualarining ilk xaridori kim bo‘ladi – OAV taxmin qilmoqda
Xitoy Rossiyaning 2019 yil boshida ishlab chiqarish boshlangan yangi avlod havo hujumidan himoya va raketalarga qarshi mudofaa vositasi S-500 ZRTning ilk xaridori bo‘lishi mumkin. Bu haqda Military Watch nashri yozmoqda.
Maqolada Moskva va Pekin o‘rtasida harbiy sohadagi qalin hamkorlik qayd etilgan. Xususan, Xitoy uzoq vaqtdan buyon Rossiyaning yangi harbiy ishlanmalarini xarid qilib kelmoqda.
Shu jumladan, Pekin va Moskva S-400 «Triumf» majmualari xaridi bo‘yicha ham shartnomani imzolagan hamda Xitoy, o‘zining harbiy sanoati sezilarli rivojlanganiga qaramay, Rossiya qurollarining yetakchi xaridori bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq, «Rostex» bosh direktori Sergey Chemezov, Rossiyada eng yangi S-500 «Prometey» HHH-RQM tizimlari ishlab chiqarilishi boshlanganini bildirgan edi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
18:38 / 26.06.2026