Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda suitsid holatlarining 30 foizi voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida kuzatilgan
Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot brifingi o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 150 ta “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markaz”larini tashkil etish belgilangan.
Poytaxtda mazkur markazning Toshkent shahar bo‘linmasi, Bektemir-Mirobod-Yashnobod tumanlararo bo‘linmasi, Shayxontohur-Olmazor tumanlararo bo‘linmasi hamda Mirzo Ulug‘bek-Yunusobod tumanlararo bo‘linmasi faoliyat yurita boshladi. Yaqin orada yana ikkita shunday bo‘linma ishga tushiriladi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar va tuman hokimliklarining xotin-qizlar qo‘mitalari hamda ushbu bo‘linmalar tomonidan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan aholi qatlamining hayotini o‘rganish, muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga e'tibor qaratildi. Bu yo‘nalishda 1146 raqamli ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgani aytib o‘tildi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda shaharda qayd etilgan suitsid holatlarining 30 foizi voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida kuzatilgan. Buning uchun esa ta'lim muassasalaridagi psixologlar faoliyatini kuchaytirish lozim. Shu ma'noda tashkil etilgan bo‘linmalar bevosita o‘quv maskanlaridagi psixologlar bilan muntazam ish olib boradi. Shuningdek, oilaviy muammolar va turmushda zo‘rlik ishlatishga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026