Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftar Tripoliga hujum avjidaligida Misrga keldi
Foto: Philippe Wojazer / Reuters
Liviyalik feldmarshal Halifa Haftar o‘z qo‘shinlarining Liviya poytaxti Tripoliga hujumi avjidaligi vaqtida Misrga safar uyushtirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Haftar Qohiraga kelgan. Feldmarshal u yerda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuvda Liviyadagi vaziyat muhokama qilingan. boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Agentlikning ta'kidlashicha, uchrashuvdan olingan suratlarga ko‘ra, muzokaralarda Misr umumiy razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamol ham ishtirok etgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Liviyada jangovar harakatlar boshlangandan keyin 121 kishi halok bo‘lgani, 561 kishi yaralanganini ma'lum qilgan.
12 aprelda Saudiya Arabistoni Haftarga Tripolini egallash bo‘yicha operatsiya uchun moliyaviy yordam taklif qilgani xabar qilingan.
Haftar boshchiligida Liviya milliy armiyasining Tripoliga yurishi 4 aprelda boshlangan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
15:28 / 03.02.2026
Rafah o‘tkazish punkti qayta ochildi: ilk safar qiluvchilar o‘tdi
10:47 / 17.01.2026