Aksiyadorlik jamiyatlarining davlat uluşlari böyiça hisoblangan dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan ajratmalarni budjetga undiriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi e'lon qilindi.
  
Har qanday mulkdor singari, davlat ham öz mulkidan dividendlar olişga haqli. Davlat iştirokidagi korxonalar xususiy biznes kabi soliq tölaydi. Biroq soliqlardan taşqari, davlat korxonasi yoki davlat uluşiga ega bölgan korxona foydasining bir qismi dividendlar tarzida budjetga kelib tuşişi kerak, deb yozadi Norma.
 
Ilgari davlat korxonalarining sof foydasidan ajratmalar miqdori maxsus Komissiya tomonidan belgilangan, u mazkur masalani yakka tartibda hal qilgan. 2019 yil fevral oyining oxiridan davlat korxonasining sof foydasidan ajratmalarning yagona miqdori 30% miqdorida etib belgilandi (VMning 16.10.2006 yildagi 215-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi).  
 
Yuqorida körsatilgan yangiliklardan taşqari, Prezidentning 26.06.2018 yildagi PQ–3802-son qarori 7-bandi bilan davlat soliq xizmati organlariga davlat uluşlari böyiça dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalarni undiriş huquqi berilgan. 
 
Biroq yuqorida körsatilgan hujjatlarda uşbu ajratmalarni hisoblaş va tölaş tartibi, nazorat va tegişli sanksiyalar belgilanmagan edi. Endi şu va boşqa masalalarni Aksiyadorlik jamiyatlarining davlat uluşlari böyiça hisoblangan dividendlarni va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan ajratmalarni budjetga undiriş tartibi töğrisidagi nizom bilan tartibga soliş taklif qilinmoqda.
 
Loyihada ustav kapitalida davlat uluşiga ega xöjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari töğrisidagi axborotlarni almaşiş tartibi belgilangan. Xususan, DSQ Davlat xizmatlari agentligi va Markaziy depozitariydan olgan axborot avtomatlaştirilgan rejimda hududiy soliq organlariga uzatiladi, ular 5 iş kuni mobaynida quyidagilarni hisoblaydilar:

• ustav kapitalidagi davlat uluşi 50% va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlarining sof foydasidan 30% miqdoridagi dividendlar summasini;
• davlat unitar korxonalarining sof foydasidan 30% miqdoridagi ajratmalarni.
 
Ustav kapitalidagi davlat uluşi 50%dan kam bölgan xöjalik jamiyatlari böyiça sof foydadan dividendlar amaldagi qonunçilikka muvofiq hisoblanişi kerak (Soliq kodeksining 156-moddasi).