Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkentdagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
Xususan, Olmazor tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi quvurlari ta'mirlanishi munosabati bilan 17 aprel soat 9:00 dan 18 aprel soat 12:00 gacha suv ta'minoti to‘xtatiladi:
— “Xonchorbog‘” mahallasida;
— “Qorasaroy” mahallasida;
— “Xasti imom” mahallasida;
— “Hazrati Imom” majmuasida;
— “Namuna” mahallasida;
— Mirpo‘latov ko‘chasida;
— Shimoliy Olmazor ko‘chasida;
— 2 tug‘ruq majmuasida.
Shuningdek, 17 aprel 23:00 dan 18 aprel 05:00 gacha yana bir necha mahallalarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
— Mirzo G‘olib mahallasida;
— “Chig‘atoy Oqtepa” mahallasida;
— “Universitet” mahallasida;
— “Shifokorlar” mahallasida.
“Suvsoz” DUK keltiriladigan noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, - deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026