Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada 60 ga yaqin mahbus turmadan qochib ketdi
Venesuelaning Nueva-Esparta shtatidagi turmadan mahbuslarning ommaviy qochishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohat oldi.
Noticias Venezuela portalining xabar berishicha, taxminan 60 mahbus sovuq qurol bilan 2 soqchiga hujum qilgan. Ikkala soqchi ham jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahbuslardan biri o‘ldirilgan.
Qochoqlar soqchilar xonasidagi qurolni qo‘lga kiritib, ozodlikka chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Hozirda turma atrofidagi hududda qochoqlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
00:11
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026
Venesueladagi zilzila: qurbonlar soni 920 nafardan oshdi
09:18 / 26.06.2026
Venesueladagi dahshatli zilzila: qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, yuzlab binolar vayron bo‘lgan
14:54 / 25.06.2026