24 iyun kuni keçqurun Venesuelada 38 soniya oraliğida 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita zilzila röy berdi. AQŞ Geologiya xizmati baholaşiça, ikki yer silkinişi ham mamlakat poytaxti Karakasdan 160 kilometr ğarbdagi hududda sodir bölgan. Zilzila kuçi Karakasdagi binolarni ham qulatgan, Karib dengizi sohilidagi La-Guayra ştati esa hodisadan eng köp jabr körgan hudud bölgan. 25 iyun kuni ertalab berilgan ma’lumotlarga köra, 32 kişi halok bölib, 700 dan ortiq kişi yaralangan. Rasmiylar qurbonlar soni köproq bölişi mumkinligini istisno etmayapti. AQŞ Geologiya xizmati minglab kişilar halok bölgani, qurbonlar soni 10 mingdan ham oşişi mumkinligini prognoz qilgan. Mamlakatda sönggi 100 yildan ortiq vaqt içidagi eng kuçlisi bölgan uşbu zilzila kuçini Braziliya şimolida ham sezişgan.

Venesuelada favqulodda holat e’lon qilindi. Vayrongarçiliklar tufayli Karakasdagi xalqaro aeroport faoliyati töxtatilgan, rasmiylar tura joylarga gaz uzatişni töxtatgan. AQŞ va Lotin Amerikasi mamlakatlari Venesuelaga yordam va’da qilmoqda. Quyida uşbu vayronkor zilzila oqibatlari aks etgan suratlar keltiriladi.

Zilzila vaqtida Simon Bolivar nomidagi Mayketiya xalqaro aeroportida bölgan odamlar, 2026 yil 24 iyun
Wilmer Azuaje / Reuters / Scanpix / LETA
La-Guayra
Maxwell Briceno / Reuters / Scanpix / LETA
Karakas
Ronald Pena R / EPA / Scanpix / LETA
Karakasda vayron bölgan bino
Federico Parra / AFP / Scanpix / LETA
Karakasning Altamir tumani hududidagi qidiruv-qutqaruv amaliyoti