15:14 / 19.04.2019
10094

Bojxonachilar 2 milliard so‘mlik “mato” operatsiyasini chippakka chiqarishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirilishi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Tadbir davomida, poytaxtimizdagi mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan 19 633 kilogramm bo‘lgan matolar belgilangan tartibda tekshirilib, mahsulotdan olingan namunalar ekspertizadan o‘tkazildi.

Natijada, konteynerlarda hujjatda ko‘rsatilgan matolar o‘rniga “jalyuzi uchun sinel mato” va “jalyuzi uchun birlamchi to‘qilgan mato” tovarlari borligi aniqlandi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o‘zgartirish orqali qonunbuzar bojxona to‘lovlaridan salkam 2 milliard so‘mni to‘lashdan qochmoqchi bo‘lgan ekan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top