Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 - 23 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo o‘zgarib turadi, 20 va 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 22-23 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 20 va 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 22-27 daraja, 22-23 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 20-25 daraja issiq, 22-23 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024