Raynxard Vagner bilan uchrashuv: O‘zbekistonda loyihalarni sifatli amalga oshirish muhokama qilindi
18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbariyatining Germaniya loyiha boshqaruvi Assotsiatsiyasi faxriy raisi Xalqaro loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasi (IPMA) Kengashi raisi Raynxard Vagner bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlarni xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirish masalalari muhokama qilindi, deya xabar beradi agentlik matbuot xizmati.
Raynxard Vagner agentlikning amaldagi va rejalashtirilgan faoliyati hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qo‘lamli islohotlar bilan tanishdi, ularda loyihalarni samarali boshqarish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Janob Vagner 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi respublika iqtisodiyoti va aholining ijtimoiy hayotini isloh qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘tarinki ruh bilan qabul qildi.
Kompleks rejalashtirish, xarajatlarni optimallashtirish, sifat nazoratini oshirish, idoraviy va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, biznes jarayonlar va atrof-muhitdagi o‘zgarishlar bilan integratsiyalashuv masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
“Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Loyiha boshqaruvi milliy agentligining islohotlar va investitsiya dasturlari amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek O‘zbekistonda loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashishida o‘rni beqiyos”, - dedi Vagner uchrashuvda.
Tomonlar, shuningdek loyiha boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ularni xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatini oshirish uchun xizmat qilishi ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida LBMA va IPMA o‘rtasidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ta'kidlash joizki, Xalqaro loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasi (IPMA) faoliyatining asosiy maqsadi mutaxassislar, loyiha guruhlari va tashkilotlari o‘rtasida jahon miqyosidagi bunyodkorlik faoliyatining barcha sohalarida loyihalar boshqaruvidagi vakolatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. Assotsiatsiyaning hamkorlik tarmog‘i 72 rivojlangan davlatni o‘z ichiga olgan. 1995 yildan boshlab IPMA loyihalarni boshqarish sohasida mutaxassislarni sertifikatlash bo‘yicha o‘zining 4-pog‘onali tizimni rivojlantirmoqda (model 4 LC).
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston joriy yilning 30 mart kuni Xalqaro loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasiga a'zo bo‘ldi. Mamlakatimiz ushbu tashkilotga kirishi rekord darajadagi qisqa vaqt ichida amalga oshirildi va bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyiha boshqaruvini joriy etish chora-tadbirlarlarining samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
07:07 / 23.08.2024