Sport | 14:05 / 21.04.2019
5016
2 daqiqa o‘qiladi

Yomg‘irli Toshkent para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda

Bugun, 21 aprel kuni Toshkentda para-atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. Ushbu musobaqa kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini boshlab berishi bilan ahamiyatli.

«Turnir g‘oliblari terma jamoa tarkibiga jalb qilinib, oldinda turgan musobaqalarga, xususan, Tokio Olimpiadasiga hozirlik ko‘rishadi. Shu bois ham Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan para-atletlar unda bor kuchini namoyish etishadi. Garchi poytaxtimizda musobaqalar uchun noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramasdan, ishtirokchilar o‘zlarining metin irodasi va g‘ayratini yana bir bor namoyon qilishmoqda», deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Musobaqaning ochilish marosimida MOQ mutasaddilari, OAV xodimlari va estrada yulduzlari ishtirok etishdi. Bugun balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 100 va 200 metrlarga yugurish bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Mavzuga oid