Tunisda para-atletika böyiça Gran-pri seriyasiga kiruvçi yirik musobaqa öz yakuniga yetdi. 50ga yaqin mamlakatdan taşrif buyurgan para-atletlar iştirokidagi mazkur musobaqa Özbekiston terma jamoasi uçun omadli yakunlandi.

Turli yönalişlarda startga çiqqan özbekistonlik sportçilar Gran-prida 6ta oltin, 3ta kumuş va 1ta bronza, jami 10ta medal qölga kiritişga muvaffaq bölişdi.

Uşbu musobaqa orqali Özbekiston vakillari jahon çempionatiga ham yöllanmaga ega bölişdi. Noyabr oyida BAAda bölib ötadigan dunyo birinçiligi esa kelasi yili Tokioda ötkaziladigan Paralimpiya öyinlariga yöllanma taqdim etadi.

Musobaqada ğolib va sovrindor bölgan özbekistonlik sportçilar röyxati:

Oltin:
Doniyor Axmedov – 100 va 200 metrga yuguriş
Mohigul Hamdamova – disk uloqtiriş
Omad Hasanov – balandlikka sakraş
Bekjon Çevarov – uzunlikka sakraş
Mohigul Hamdamova – nayza otiş

Kumuş:
Ma'ruf Murodullayev – 1500 metrga yuguriş
Mohigul Hamdamova – yadro uloqtiriş
Ma'ruf Murodullayev – 400 metrga yuguriş

Bronza:
Şahnoza Adhamova – uzunlikka sakraş