Sport | 22:22 / 22.04.2019
9194
1 daqiqa o‘qiladi
OChL. «Al-Vahda» hujumchisining «poker»i evaziga ajoyib «kambek» qildi
Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
V guruhida BAAning «Al-Vahda» klubi o‘z maydonida Qatarning «Ar-Rayyan» klubi bilan bellashdi va 1:3 hisobida orqada borayotgan bo‘lsa-da, yakunda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning barcha gollari Leonardo hisobiga yozildi.
Natijada, «Al-Vahda» 9 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. «Al-Ittihod» hisobida 7 ochko, «Lokomotiv» hisobida 4 ochko va «Ar-Rayyan» hisobida 3 ochko bor.
OChL, V guruhi, 4-tur
22 aprel
Al-Vahda (BAA) – Ar-Rayyan (Qatar) 4:3
Gollar: Leonardo (8, 56, 82, 89) – Soria (2), Rivas (6, 21)
Lokomotiv (O‘zbekiston) – Il-Ittihod (Saudiya Arabistoni) 1:1
Gollar: T.Abduxoliqov (36) – Romarino (12)