Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» Osiyo Chempionlar Ligasida guruhdan chiqolmadi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 5-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
V guruhida «Lokomotiv» safarda «Al-Vahda» bilan bellashdi va 1:3 hisobida yutqazdi.
47-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov boshi bilan aniq zarba yo‘llab hisobni ochgan edi. Biroq, «temiryo‘lchilar» g‘alabani ushlab qola olishmadi. 60-daqiqada «Al-Vahda» hujumchisining zarbasidan so‘ng, to‘p Yyelichga tegib «Lokomotiv» darvozasidan joy oldi. 77-daqiqada Leonardo penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xalil yana bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv»ning guruhdan chiqolmasligi aniq bo‘ldi.
OChL, guruh bosqichi, 5-tur
8 may
Al-Vahda (BAA) – Lokomotiv (O‘zbekiston) 3:1
Gollar: Yyelich (60 avtogol), Leonardo (77 pen), Xalil (90+2) - Temurxo‘ja Abduxoliqov (47)
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
21:09 / 03.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida to‘rtinchi o‘yinni ham yutqazdi
14:57 / 07.02.2024
Hojimat Erkinov BAA klubiga o‘tdi
20:17 / 03.08.2023