1993 yil 2 sentabr sanasida «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi qonun qabul qilingandi. Unda mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyatining faoliyati, ular qabul qiladigan hujjatlar, huquqlari, majburiyatlari va boşqalar belgilab qöyilgandi.

Mazkur qonunning 24-moddasida xalq deputatlari Kengaşining vakolatlari sanab ötilgan. 5-bandida Kengaş hokimni va uning örinbosarlarini lavozimga tasdiqlaşi, hokimni va uning örinbosarlarini lavozimdan ozod etişi, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni, şuningdek hokimlarning viloyat, tuman, şahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglaşi körsatilgan.

Sodda qilib tuşuntirsak, xalq tomonidan saylangan deputatlar oldida hokim ma'lum muddat davomida özi va örinbosarlari tomonidan amalga oşirilgan ijtimoiy, iqtisodiy, qişloq xöjaligi, sanoat, investitsiya, yoşlar, xotin-qizlar masalalari va boşqalar töğrisida vaqti-vaqti bilan hisobot berib turadi. Agar xalq uçun yetarli darajada oqilona siyosatni amalga oşirolmasa, xalq vakillari işonçini oqlamasa, lavozimidan ozod etiladi.

2010 yil 30 dekabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat Kengaşining «Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşining namunaviy reglamentini va xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşining doimiy komissiyalari töğrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori qabul qilingandi.

Qarorning 4-moddasida xalq deputatlari Kengaşi işini hokim — xalq deputatlari Kengaşining rahbari taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Hokim – xalq deputatlari Kengaşining rahbari öz faoliyati haqida xalq deputatlari Kengaşi oldida hisobot beradi, degan jumlalar mavjud.

Öz-özidan tabiiy savollar tuğiladi. Xalq deputatlari Kengaşi biror marta hokimning hisobotini eşitib, ma'qul kelmasa işdan olib taşlaganini körganmisiz? Men eşitmaganman ham. Çunki, hududidagi barça masalalarni hal etadigan kuç, yölboşçi, yetakçi bölgan hokim Kengaşga ham rahbarlik qiladi. Hokimlar Kengaşga rahbar ekan, deputatlar xalq manfaati yölida ularga qarşi bora olmaydi. Bu aniq. Qarşi borsa, biror bahona bilan deputatlikdan çaqirtirib olinadi. Bu amaliyotda köp uçrab turadigan holat.

2018 yil 22 yanvar kuni faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida Prezident farmoni qabul qilindi. Amalga oşirilişi şart bölgan 231 qismdan iborat davlat dasturi işlab çiqildi.

Uning 25-qismiga qaraydigan bölsak, xalq deputatlari Kengaşi vakolatlarini kengaytiriş orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillaştiriş doirasida hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organi bölgan Kengaşning rahbari sifatida maqomini bekor qiliş töğrisidagi qonun loyihasi tayyorlanişi zarur edi.