Jamiyat | 23:11 / 23.04.2019
7842
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumani xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha namunaviy hududga aylantiriladi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

23 aprel kuni Toshkent shahridagi Sergeli tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi. Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga shu haqida xabar berdi. 

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Prezident tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning beshinchi yo‘nalishi - xotin-qizlar bandligini ta'minlash yuzasidan Sergeli tumanida uyma-uy yurish orqali ishsiz xotin-qizlarni ro‘yxatini shakllantirish, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, yangi ochiladigan korxonalarga xotin-qizlarni malakalarini toifalarga bo‘lish orqali ishga joylashtirish masalalarini joyida hal etish borasida mahalla mutaxassislari jalb etildi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Shuningdek, tumandagi og‘ir ijtimoiy ahvolda yashayotgan oilalar uchun ajratilgan xonadonlarga tashrif buyurildi. Ularning holidan xabar olindi. Yangi uy joylar atrofida xotin-qizlar uchun yaratiladigan korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarga imtiyozli kreditlar ajratish borasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi. Sergeli tumanidagi Choshtepa mahallasida faoliyat boshlagan ayollar reabilitatsiya markazi hamda «Daryo bo‘yi» mahallasidagi nogironligi bor oilalarning holidan xabar olindi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Mavzuga oid