Dunyoda uruş öçoqlari talaygina. Afğoniston, Suriya, Iroq, Yaman kabi davlatlar şular jumlasidandir. Lekin yaqin vaqt içida faol harbiy harakatlar boşlanişi ehtimoli yuqori bölgan şunday hududlar borki, arzimas sabab ham u yerda uzoq muddat qon tökilişiga sabab bölişi mumkin.
Venesuela
Bu mamlakat iqtisodiy böhronning eng oğir şaklini boşdan keçirmoqda. Kamiga davlat boşqaruvida qöşhokimiyat ham yuzaga kelganki, bu holat fuqarolar uruşi kelib çiqişi uçun mos muhit yaratadi. Içki uruş bitta uçqunni kutib turgan bir paytda taşqi kuçlar ham bor. Venesuelaning bevosita qöşnisi Kolumbiya bilan munosabatlari ham juda yomon, AQŞ bilan munosabatlarda esa oçiq uruşdan boşqa har qanday ziddiyat bölib ötgan. Agar içki holat hukumat almaşinuvini ta'minlay olmasa, aynan çegaralardagi inson huquqlari böyiça holatga asoslangan va AQŞ kömagiga tayangan Kolumbiyaning harbiy aralaşuvi ehtimoli katta.
Yaqin Şarq, Isroil çegaralari
Bu hududda qaçondir tinçlik bölgani hammaning esidan ham çiqib ketgan va qaçonlardir tinçlik bölişi mumkinligiga ham heç kim işonmaydi. Ammo endi harbiy harakatlarning çegaralardagi töqnaşuvlar doirasidan çiqib, keng miqyosda olib borilişi ehtimoli katta. Buning bir neça sabablari bor. Köplab davlatlar qatori Isroil ham Suriyadagi Başar Asad rejimining ağdarilişidan umid qilgandi. Ammo Rossiyaning harbiy aralaşuvi bilan Asad nafaqat prezidentlikni saqlab qoldi, balki öz hokimiyatini mustahkamlab ham oldi. Isroil bunga çiday olmasligini amalda körsatib böldi va Suriya hududini bombardimon qilişga ham ulgurdi. Bundan taşqari, ikki davlat örtasidagi Jölan tepaliklari muammosi ham har qaçongidan-da keskinlaşdi. Hududdagi Isroilga qarşi kuçlarning birlaşişi, HAMAS, «Hizbulloh» kabi guruhlarning oçiq uruşga kirişişi ehtimoli juda yuqori. Ammo tarixdan ma'lumki, Isroilga qarşi uruşlar köpinça mağlubiyat bilan yakunlanib, yahudiylar davlatining yanada kengayişi bilan yakunlangan.
Liviya
Liviyada bu jarayon faol fazaga kirib böldi, deb aytiş mumkin. Garçi Xalifa Haftarning Tripoliga yurişi boşlanganiga ança bölgan bölsa-da, hozirga qadar bir-biriga qarşi kuçlar umumiy maydonda töqnaşmadi va uruş asosan çekiniş hamda mudofaa şaklida keçmoqda. Bundan taşqari, oxirgi paytlarda çetdan bölgan bosim tufayli Haftar armiyasi ham eng muhim pallada töxtaşni afzal bildi. Lekin bu tinçlik juda muvaqqat va mört, sababi Liviya özi şundoq ham norasmiy tarzda bir neça bölakka bölinib ketgan – parlament, IŞID terrorçilari, Qazzofiy tarafdorlari va turli-tuman qabilalar davlat içida davlat tuzib olişgan. Demak, yaxlit davlat tiklaş yölidagi har qanday harakat kimningdir manfaatlariga zid kelişi tayin va Liviyadagi keng miqyosdagi uruş şu yilning özida faol şaklga kirişi mumkin.
Koreya yarimoroli
Bu hudud ham bir uçqunga mahtal qurollar maydonidir. Töğri, sönggi yillarda avval tasavvur qiliş mumkin bölmagan darajadagi uçraşuvlar bölib ötdi. Kim Çen In Janubiy Koreya prezidenti bilan va hatto AQŞ prezidenti bilan bir neça bor uçraşdi. Butun dunyo bu uçraşuvlarni tinçlik yölidagi katta qadam deya baholadi. Ammo sönggi muhokamalarning keskin töxtatilişi, Kim Çen Inning Putin bilan uçraşiş maqsadida Rossiyaga taşrif buyurayotgani, AQŞ davlat kotibi Pompeoning bu uçraşuvlardan keyin ham Şimoliy Koreyaga nisbatan ğanimlik ruhidagi sözlari hali aytarli heç narsaga erişilmaganini anglatadi.
Köpçilikni şunçalik yopiq va ğalati tuzum örnatilgani holda Şimoliy Koreya davlati hamon saqlanib qolayotgani siri qiziqtiradi. Gap şundaki, bu tuzum saqlanib qolişidan deyarli hamma, hatto Şimoliy Koreyaning duşmanlari ham manfaatdor. Janubiy Koreya bunçalik qoloq qondoşi bilan qöşiliş öz iqtisodini barbod qilişini yaxşi anglaydi, Xitoy öz çegarasiga Janubiy Koreya, buning ortidan AQŞ harbiy kuçlari kelişini istamaydi, AQŞga doimiy duşman borligini bildirib, hududda öz harbiy kuçlarini saqlab turiş va atrofdagi davlatlarga öz sözini ötkaziş juda muhim, azaldan Koreya bilan raqobatlaşib kelgan Yaponiyaga umumiy Koreya paydo bölişi xavf tuğdiradi. Va nihoyat Rossiya uçun eng katta raqobatçisi AQŞ izmiga böysunmaydigan davlat borligi katta ahamiyat kasb etadi. Demak, bu tuzum ağdarilib ketişini hali beri kutmasa ham böladi, lekin hududiy miqiyosdagi harbiy töqnaşuvlar ehtimoli saqlanib turibdi.
Eron
Bu davlat va AQŞ örtasidagi ziddiyat tarixi juda uzun. Eron tan olinmagani holda atom quroliga ega bölgani töğrisidagi ma'lumotlar ortidan özaro munosabatlar butunlay boşi berk köçaga kirib qolgan. Yillar davomidagi muttasil sanksiyalarga qaramay AQŞ va uning tarafdorlari şu paytga qadar oçiq harbiy aralaşuvdan tiyilib kelardi. Ammo AQŞ tomonidan Eron harbiy salohiyatining asosi, tuzum saqlanişining kafolati bölgan tuzilma – Inqilob Askarlarining terrorçilik taşkiloti deya malakalanişi hududdagi vaziyat keskinlaşganini anglatadi. Bunday vaziyatda Eronga azaldan tiş qayrab yurgan Isroilning ham harbiy aralaşuvi ehtimoli katta
Rossiya-Ukraina
Köpçilikning fikriça, uruşga asoslar yetarli bölgan vaziyat aynan şu ikki davlat örtasida ham tuğilgan. Uzoq yillar davomida qondoş oğa-ini bölgan davlatlarning bugun birinçi raqamli duşmanga aylanib qolganlari bejizga emas. Ukraina Rossiyadan keçib ğarb davlatlarining etagidan tutdi, bunga javoban Rossiya Qrim va Sevastopolni öziga qöşib oldi, çegaradoş hududlarda harbiy harakatlar boşlandi.
Bu örinda Ukrainani oçiq uruşga undaganlar köp böldi. Ammo kuçlar mutlaqo teng emasligi, Rossiyaning ulkan harbiy qudrati va uruş masalaning yeçimi emasligini tuşungan siyosatçilar bunday yöl tutmadi. Yangi prezident Vladimir Zelenskiyning ham rejasida harbiy harakatlar bölmasa-da, vaziyat özgarişi, çegaradagi ziddiyatlar yana faollaşişi mumkin.
Abror Zohidov












