Isroil va Livan örtasidagi sulh uç haftaga uzaytiriladi, deb xabar berdi AQŞ prezidenti Donald Tramp 23 aprel, payşanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Uşbu kelişuvga Oq uy rahbari bilan bir qatorda AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio, AQŞning Isroil va Livandagi elçilari Mayk Xakabi va Mişel Issa, şuningdek ikki davlatning “yuqori martabali vakillari” iştirok etgan uçraşuvdan söng erişilgan.
“Uçraşuv juda muvaffaqiyatli ötdi! Qöşma Ştatlar Livanga özini ʼHizbullohʼdan himoya qilişda yordam beriş uçun u bilan hamkorlik qiladi”, — deb yozdi Tramp.
Şu xabarning özida u “yaqin kelajakda” Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va Livan prezidenti Jozef Aunni qabul qilişni “intizorlik bilan kutayotganini” ham ma’lum qildi.
“Uşbu tarixiy uçraşuvda iştirok etiş men uçun katta şaraf böldi!” — deya qöşimça qildi Tramp.
14 aprel kuni Vaşingtonda 1993 yildan beri ilk bor Isroil va Livan vakillari örtasida töğridan töğri muzokaralar bölib ötdi. Unda ikki davlatning AQŞdagi elçilari iştirok etdi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar tinçlikni tartibga soliş masalasi yuzasidan töğridan töğri muzokaralarni boşlaş yölida qadamlar taşladi, deb xabar bergan edi öşanda AQŞ Davlat departamenti.
Amerika tomoni Isroil va Livan elçilarining AQŞdagi uşbu uçraşuvini “tarixiy bosqiç” deb atadi. Vaşington, şuningdek, keyingi muzokaralar ötkazilsa, har ikki davlatga yordam körsatişga tayyorligini bildirdi hamda ular “keng qamrovli tinçlik kelişuvi”ga olib kelişiga umid bildirdi.
9 aprel kuni Isroil hukumati saytida Binyamin Netanyahu Livan bilan töğridan töğri muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq bergani haqida xabar e’lon qilingan edi. Muzokaralar Eronga ittifoqdoş bölgan “Hizbulloh” harakatini qurolsizlantiriş va ikki davlat örtasida tinç munosabatlar örnatiş masalalariga bağişlanişi kerak.












