Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar qo‘mitasi xorijdagi ayollar ro‘yxati tuzilishiga doir gap-so‘zlarga izoh berdi
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Xotin-qizlar qo‘mitasida xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik ayollarning maxsus ro‘yxati tuzilishiga oid xabarlar inkor etildi, qo‘mita og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan ayollarga yordam beradi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Bu masala ko‘tarilishiga so‘nggi vaqtlarda xorijiy davlatlar fuqarolariga turmushga chiqib, u yerda zo‘ravonlikka duch kelganliklaridan shikoyat qilayotgan va yordam so‘rayotgan ayollar murojaati sabab bo‘lgan.
"Xotin-qizlar qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik korpus vakolatxonasi bilan hamkorlikda shunday murakkab vaziyatda qolgan ayollarga yordam berishni tashkillashtiradi. Bizning maqsadimiz nafaqat xorijiy mamlakatlarda turmushga chiqqan ayollarga, balki o‘sha yerlarda ishlash uchun ketgan xotin-qizlarga ham yordam berishdan iborat", - deyiladi qo‘mitada.
Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi Sankt-Peterburgda faoliyat yurituvchi "Madad" nodavlat tashkiloti bilan kelishuv bitimini imzolagan. Ular hamkorlikda shu shaharda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoyalashga doir ishlarni olib borishadi.
Maqsad - shunday tashkilotlar va elchixonalar orqali u yoki bu mamlakatda qiyin vaziyatda qolgan vatandoshlarimizga yordam qo‘lini cho‘zish.
"Biz ro‘yxat tuzishni emas, vatandoshlarimiz, ayniqsa, mamlakatdan tashqaridagi ayollarimizni murojaat asosida, shaxsiy hayotga aralashmagan holda, himoya qilishga oid ishlarni olib borishni maqsad qilganmiz", - deyiladi qo‘mitada.
Mavzuga oid
10:51 / 09.12.2024
O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi
17:13 / 05.12.2024
Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi
07:33 / 04.12.2024
Xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:53 / 07.11.2024