Ko‘plab yirik texnologik kompaniyalar mavjudligining ilk bosqichlaridayoq intensiv o‘sishni boshdan kechirgan. Biroq Amazon kompaniyasining tarixi o‘zgacha. Kompaniya kadrlar bo‘limi direktori Bet Galetti kompaniya hozirda butun tarixi davomida kuzatilgan yangi xodimlarning eng kuchli oqimini boshdan kechirayotganini ta'kidlamoqda.

Foto: Global Look Press

Amazon’da 647 ming kishi ishlaydi, bu Galetti ishga joylashgan 2013 yildagiga qaraganda olti marta ko‘proq. Kompaniyaga kuniga o‘rtacha 337 nafar yangi xodim keladi. Amazon o‘z shtatini qanday kengaytirganini ko‘zdan kechiramiz.

1995 yil — 11 nafar xodim

Kitoblar savdosiga ixtisoslashgan navqiron sayt amazon.com Ueynrayt ismli ilk xaridorini topdi. Keyinchalik kompaniya o‘z binolaridan biriga uning nomini bergan.

Foto: Stephen Maurice Graham

1997 yil — 614 nafar xodim

Kompaniya hali ham daromadga kirmadi va Barnes & Noble kabi yirik kompaniyalar bilan raqobat qildi. Amazon ommaviy kompaniyaga aylandi va uning bir dona aksiyasi 18 dollarga teng bo‘ldi.

1998 yil — 2100 nafar xodim

Xalqaro bozorga kirish boshlandi – kompaniya Buyuk Britaniya (1,2 millionta kitob) va Germaniya (335 mingta kitob) uchun saytlarni ishga tushirdi.

2000 yil — 9000 nafar xodim

Amazon uchinchi shaxslarga ularning sayti orqali kitoblarni sotishga ruxsat berdi. 2017 yilda bu kabi kelishuvlar kompaniya savdolarining katta qismini tashkil qildi.

2001 yil — 7800 nafar xodim

Dotkomlar pufagi yorildi va Amazon aksiyalari narxi tushdi. Kompaniya shtatining 15 foizini qisqartirdi va qisqartirishlarning qisqa davri boshlandi.

Foto: Stephen Maurice Graham