Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi: qo‘shinlar jangovar shayligining ikkinchi kuni «Chirchiq» poligonida o‘tdi
Avval xabar berilganidek, 24-25 aprel kunlari Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan edi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida amalga oshirilgan o‘quv dasturiga asosan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni “Chirchiq” poligonida davom etdi.
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari – Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra qo‘shinlar va boshqaruv organlari yuqori jangovar shaylikka keltirilib, ishtirokchilar “Chirchiq” dala o‘quv maydoniga olib chiqildi. Unda kuch tuzilmalari tegishli bo‘linmalarining zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi hamkorlikdagi tadbirlarni bajarish ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.
Razvedka va boshqa muhim ma'lumotlarni tezkor almashish, real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Mashg‘ulotlar real vaziyatga yaqinlashtirilgan holda o‘tkazildi. Ularda harbiy aviatsiya ham ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan birgalikda olib borilgan o‘quv operatsiyalar davomida noqonuniy qurollangan shartli jangarilar to‘dasi batamom yo‘q qilindi.
Mashg‘ulotlar yakunida bo‘linmalarning harakatlari tahlil qilinib, baholandi.
Mavzuga oid
08:28 / 24.04.2026
Reyting: dunyodagi eng yirik 15 ta mudofaa budjeti
15:44 / 19.03.2026
Ukraina va Ispaniya mudofaa sohasida yangi kelishuvlar imzoladi
18:43 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
17:36 / 02.03.2026