Jamiyat | 15:30 / 26.04.2019
14679
5 daqiqa o‘qiladi

Oluvchilar yaxshi yashashi mumkin, lekin beruvchilar yaxshi uxlaydi. «6 oylik chaqalog‘imga yordam bering»

Insonlarning bir-biriga har qanday ko‘rinishdagi yaxshilik qilishi go‘zal fazilat hisoblanadi. Doimiy tarzda yaxshilik qilgan inson ko‘ngli xotirjam yashaydi, o‘tayotgan kunlaridan rozi bo‘ladi. Bejizga oluvchi qo‘llar yaxshi yashashi mumkin, lekin beruvchi qo‘llar yaxshi uxlaydi deb aytishmagan. Islom dinida ham yaxshilik qilish ulug‘lanadi. Yaxshilik qilgan insonga jannatdan joylar va'da qilingan. Hadislarda ham yaxshilik qilish insondagi eng latif xulq ekani keltiriladi.

Sayt tahririyatiga Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi Zoir Tursunov murojaat qildi. U farzandi sog‘ayib ketishi uchun harakat qilayotgani va hozirda yaxshilikka muhtoj bo‘lib qolganini bildirgan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Zoir akaning aytishicha, 2018 yilning oktabr oyida oilaga Alloh Taolo o‘z ne'matlaridan biri bo‘lgan farzand ato etgan. Biroq farzandi Temurbek tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan. Shifokorlar bolaga zudlik bilan jarrohlik amaliyoti zarurligini aytishgan. Amaliyot 3 bosqichda o‘tkazilishi va shundan keyin farzand to‘liq shifo topib ketishi mumkinligini tushuntirishgan. Birinchi bosqich jarrohlik amaliyoti Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan shifoxonada bo‘lib o‘tgan.

Oila boshlig‘i sartaroshlik bilan kun ko‘radi. Turmush o‘rtog‘i esa ishsiz. Oilada qo‘shimcha daromad ham yo‘q. Oila jarrohlik amaliyoti to‘loviga juda qiynalmoqda. O‘shanda shifokorlar birinchi bosqich amaliyot to‘lovi 43 million so‘m ekanini aytishadi. Qon-qarindosh, do‘stlar va qo‘shnilar yordami bilan amaliyotning 22 million so‘m qismini to‘lashadi. Shifoxona ham ma'lum miqdorda chegirma qilib berganidan so‘ng, unda 18 million so‘mlik qarzdorlik qoladi. Undan 6 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lab borishi lozimligi to‘g‘risida tilxat yozdirib olishadi.

«Sartaroshlik kasbimdan, oiladagi xarajatlarimdan tashqari, 1 million so‘m atrofida daromad olaman. Oyiga esa 3 million so‘mdan to‘lab borishim kerak. Uning ustiga olgan qarzlarim ham turibdi. Ularni ham to‘lashim zarur. Yana jarrohlik amaliyotining ikkita bosqichi kutib turibdi. Qiynalib qoldim. Oxiri sizlarga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Kimda imkon bo‘lsa, menga yordam berishini so‘rayman», - dedi Zoir aka.

Yaxshilar, mazkur oiladan o‘z yordamimizni ayamaylik. Ularga qo‘limizdan kelgancha ko‘mak beraylik, duoda bo‘laylik. Zora qilgan ezgu amallarimiz sabab qalblarimiz rohatlanib, gunohlardan forig‘ bo‘lsak. Nochor oilaning farzandi bo‘lgan Temurbek ham shifo topib, jamiyatimizga kerakli inson bo‘lib ulg‘aysa va siz azizlarga savobi yog‘ilib yo‘lingizga shamchiroq bo‘lib tursa.

Zoir Tursunov (bemorning otasi)

Temur Toxirov (bemor)

Tel: +998919116261

8600 0417 6277 8067 (Agrobank Zoir Tursunov)

MFO: 00341

INN: 201066584

Naqd pul topshirganda: 23116000700000341001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000500000341001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000100000341001

Zafarbek Solijonov jurnalist,
Sherzodbek Egamberdiyev tasvirchi


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid