O‘zbekiston | 09:58 / 27.04.2019
13346
2 daqiqa o‘qiladi

«Ayrimlar fuqarolarni qasddan soliq organlariga qarshi chiqishga undaydi». DSQ soliq to‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarni muloqotga chaqirdi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabarida aytiladi.

«Ma'lumki, hozirgi kunda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘pchilikda soliq sohasidagi masalalar yuzasidan tushunmovchiliklar, savollar yuzaga keladi yoki ular qonunbuzarlik holatlariga uchraydi. Ayrimlar esa fuqarolarni qasddan soliq organlariga qarshi chiqishga undaydi», - deyiladi xabarda.

Qo‘mitadan ma'lum qilishlaricha, Davlat soliq qo‘mitasi yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy va qonun doirasida hal etish tashabbusi bilan chiqadi. 

«Qo‘mita ishonch bilan ayta oladiki, yechimsiz muammo yo‘q. Agar siz soliq organlari faoliyatidan qoniqmayotgan bo‘lsangiz yoki soliq turlari, qo‘shilgan qiymat solig‘iga oid savollaringiz bo‘lsa DSQning (71) 244-97-54 telefon raqamiga soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki elektron tarzda murojaat qilishingiz mumkin», - deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, murojaat qisqa muddatda ko‘rib chiqiladi. Agar zarurat bo‘lsa, qo‘mita rahbariyati ushbu masalani shaxsan ko‘rib chiqadi.

Mavzuga oid