Davlat soliq qömitasi 1 iyuldan soliq ma’murçiligida kutilayotgan özgarişlar röyxatini taqdim etdi.
Kasanaçilikka imtiyoz va subsidiyalar
2025 yil 1 iyuldan 1 yanvarga qadar kasanaçilarga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği kasanaçilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, biroq 1 oyda köpi bilan 1 mln sömgaça kamaytirgan holda hisoblanadi;
Kasanaçilar ijtimoiy soliq tölovini özini özi band qilgan şaxslar uçun belgilangan tartibda amalga oşiradi. Ya’ni bazaviy hisoblaş miqdori bir barobari miqdorida ijtimoiy soliq tölanadi – 2022 yil 1 iyunidan boşlab BHM miqdori 300 ming söm etib belgilangan.
Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan olis va çekka hududlardagi mahallalarda kasanaçilikni taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga har bir kasanaçi dastlabki uç oy davomidagi kasanaçilik faoliyati uçun bir oylik örtaça daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi. Subsidiya oluvçi hududlar röyxatiga 252 mahalla fuqarolar yiğinlari kiritilgan.
Ommaviy axborot vositalari uçun soliq kamaytiriladi
Prezident “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Unga köra:
- ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaydi, reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
- Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qoğoz bojxona bojidan ozod etiladi.
Turizm mahallariga soliq imtiyozlari kuçga kiradi
Prezidentning “Xizmatlar sohasini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar” töğrisidagi qaroriga muvofiq, “Turizm mahallasi”, “Turizm qişloği” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yiğinlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlaniş, köngiloçar joylar taşkil etgan tadbirkorlar uçun quyidagi imtiyozlar qöllaniladi:











