Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub’yektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshib, avvalgi yilga nisbatan 127,8 foizga o‘sdi
Mamlakatimizda prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.
187,4 ming sub’yekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 foiz.
Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:
- 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 sub’yekt;
- 1 mlrdgacha — 20 688 sub’yekt;
- 10 mlrdgacha — 26 878 sub’yekt;
- 100 mlrdgacha — 5 253 sub’yekt;
- 1 trlngacha — 667 sub’yekt;
- 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 sub’yekt.
4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.
2022 yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, 650,4 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 198,6 trln so‘mi soliqqa tortilmaydigan imtiyozli aylanmalar.
Faoliyat turlari kesimida umumiy aylanma hajmining 43,7 foiz sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 40 656 tadbirkorlik sub’yekti tomonidan amalga oshirilgan. Ularning birinchi yarim yillikda tovar aylanmasi 284,5 trln so‘mga yetdi.
Jami tovar aylanmasining chorak qismidan ko‘prog‘i – 168,3 trln so‘m (25,9 foiz) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta sub’yekt tomonidan amalga oshirilgan.
Tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi:
- qurilish - 50 trln so‘m (7,7 foiz);
- tashish va saqlash – 30,4 trln so‘m (4,7 foiz);
- qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 21,7 trln so‘m (3,3 foiz);
- axborot va aloqa – 11 trln so‘m (1,7 foiz);
- yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so‘m (0,8 foiz);
- sog‘liqni saqlash – 2,5 trln so‘m (0,4 foiz);
- boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so‘m (11,8 foiz).
DSQ Matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilishni qayta tikladi
O‘zbekiston | 11:36
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan daromad solig‘ini to‘lash tartibi bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 11:30
-
Pop tumanidagi o‘rmonda yong‘in yuz berdi
Jamiyat | 11:21
-
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib olgan. Qo‘mita buni «texnik nosozlik» bilan izohladi
Iqtisodiyot | 11:12
Mavzuga oid

12:36 / 01.07.2022
Bekor bo‘layotgan imtiyozlar, yangi subsidiyalar – 1 iyuldan soliq ma’murchiligida nimalar o‘zgardi?

15:30 / 30.06.2022
Sherzod Qudbiyev yosh soliqchilar bilan uchrashuvda DSQda ishlash istagini bildirgan qizni ishga oldi

17:39 / 07.05.2022
Soliq tushumlari 17 foizga oshdi - DSQ

10:46 / 02.04.2022