Xalqaro huquq va biznesda keng qöllaniladigan ingliz huquqi (English law) degan tuşunça mavjud. U bir neça davlatlar huquq tizimining eng afzal jihatlarini özida jamlagan huquq majmuasi bölib, qöşma korxonalar tuziş, investitsiya kiritişda undan köp foydalaniladi. Investorlarni jalb qilişni maqsad qilgan Özbekistonga inliz huquqi kerakmi? Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi dasturidan joy olgan «Investorlar ingliz huquqini afzal köradimi?» muhokama sessiyasida şu xususida söz bordi.
Qozoğiston Xalqaro arbitraj markazi rahbari Kristofer Kempbell-Xolt ingliz huquq tizimining qulayliklari xususida ma'lumot berdi.

─ Ingliz huquqi bir neça davlatlar huquqiy tizimining eng yaxşi tomonlarini jamlab, biznes sohasi vakillari uçun öta qulay formatga kelgan. Egiluvçanlik, şaffoflik, başorat qila oliş, va eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlaridir. Qonunlar biznes manfaatlari uçun xizmat qilişi lozim, ingliz huquqi esa ayni şu imkoniyatni beradi.
Ekspret Özbekiston ham biznes sohasida aynan ingliz huquqini qöllaşi kerakligini ta'kidladi. «Qozoğistonda xalqaro arbitraj markazini taşkil etişdan avval Qatar tajribasini, ularda ingliz huquqining qöllanilişini örgandik. Bizda ham bu tizim samarali natija körsatdi. Qozoğiston vaÖzbekistonning maqsadlari muştarak: sarmoyadorlarni jalb qiliş, xalqaro miqyosda biznesni rivojlantiriş. Şu bois Özbekiston ham şu yölni tanlaşi foydadadn xoli bölmaydi, deb öylayman», deydi u.
Xalqaro ekspert Sebastyan Louson «Nega ingliz huquqi xalqaro biznesda keng qöllaniladi?» degan savolga javob berdi.
─ Dunyodagi arbitraj markazlarining 40 foizi aynan ingliz huquqi asosida iş yuritişi bejizga emas, albatta. U oçiq tizim, ziddiyatlarni samarali hal etiş imkonini beradi. Ingliz huquqini men «bağrikeng» deb sifatlayman. Çunki unda sotuvçi ham, xaridor ham jabr körmaydi. Har ikkisining manfaatlari inobatga olinadi. Bu huquq tizimiga köra, şartnoma aniq va lönda tuzilişi kerak, abstrakt tuşunçalar uning uçun yot.
Ekspret ingliz huquqidan foydalanişda mahalliy öziga xosliklarni ham nazardan qoçirmaslik kerakligini ta'kidladi. «Bu tizim hammaga birdek mos tuşmasligi ham mumkin. Ingliz huquqi tajribasidan foydalanişda, albatta, mahalliy xususiyatlarni inobatga oliş, uni hududga injinering qiliş talab etiladi. Özbekistonda ham bu hisobga olinişi kerak», ─ deydi u.












