Mazkur forum ikkinçi bor Adliya vazirligi tomonidan asosiy hamkorlar — Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti va qator boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida ötkazilmoqda. Yuzaga kelgan şaroitlarni hisobga olgan holda joriy yilda forum gibrid formatda, ya'ni xorijiy mehmonlarning masofaviy, milliy ekspertlarning bevosita iştirokida ötmoqda.
Forumning boş mavzusi bölgan «Huquq 4.0» huquqning törtinçi sanoat inqilobi şaroitidagi dolzarbligini ifoda etadi.
Forum doirasida davlat huquqiy siyosati, davlat organlari oçiqligini ta'minlaş, LegalTech va LawTech (huquq texnologiyalari), umumiy (ingliz) huquq, koronavirus pandemiyasi bilan boğliq çeklovlar şaroitida mediatsiya va arbitraj, intellektual mulk himoyasi, davlat siyosatini amalga oşiriş (Policy Implementation), raqamlaştiriş davrida sud hokimiyatining mustaqilligi, adolatliligi va xolisligini ta'minlaş va boşqa dolzarb mavzularda sessiyalar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Forum işida Özbekiston va qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari iştirok etmoqda. Xususan, yalpi yiğiliş va muhokama sessiyalarida Singapur adliya vaziri Kasivisvanatan Şanmugan, Rossiya adliya vaziri Konstantin Çuyçenko, Buyuk Britaniya adliya vaziri Lord Devid Volfson, Yaponiya adliya vaziri Yoko Kamikava, Koreya Respublikasi hukumat qonunçiligi vaziri Li Kan-Sop, Qozoğiston adliya vaziri Marat Beketayev, Ozarboyjon adliya vaziri Fikret Farrux öğli Mamedov, Belarus adliya vaziri Oleg Slijyevskiy, Şri-Lanka adliya vaziri Ali Sabri va boşqalar sözga çiqadi.
Ma'lumot uçun, uşbu forum 2021 yil uçun qabul qilingan davlat dasturiga köra ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Tashkent Law Spring» birinçi xalqaro yuridik forumi 2019 yil 25-26 aprel kunlari Toşkent şahridagi «UzExpo» körgazmalar markazi binosida bölib ötgan edi. 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli ötkazilmadi.











