Ayni damda poytaxtdagi UzExpo biznes markazida Tashkent Law Spring birinçi xalqaro yuridik forumi bölib ötmoqda.37 mamlakatdan mingdan ziyod huquq sohasi vakillarini özaro muloqot uçun bir joyga jamlagan forum Özbekiston qonunçilik tizimidagi ijobiy özgarişlarga sabab bölişi kutilmoqda.
Xorijiy mehmonlar mazkur forum hamda Özbekistondagi yuridik salohiyat böyiça öz fikrlarini bildirişdi.
Amerika – Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm:

– Özbekistonda qonun ustuvorligi hamda inson huquqlari himoyasiga sönggi yillarda katta e'tibor qaratilmoqda. Tashkent Law Spring forumining taşkil etilişi hamda Toşkent xalqaro arbitraj markazi faoliyatining yölga qöyilişi bunga yorqin dalil böla oladi. Forum davomida ekspertlar bildiradigan fikrlarning amaliyotga joriy qilinişi ijobiy natijalarga turtki böladi.
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Özbekistondagi loyihalar koordinatori, elçi Jon Makgregor:

– Adolatli qonunlar tizimi jamiyat uçun juda muhim. Iqtisodiy ösişning ta'minlanişi, öz biznesining xavfsizligi uçun ham insonlarning qonunlarga ehtiyoji mavjud. Huquq forumi ilk marotaba ötkazilayotganiga qaramay köplab xalqaro ekspertlarni jamlay oldi. Bunday körinişdagi tajriba almaşinuvi huquq tizimini yana bir yuqori bosqiçga olib çiqadi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti bunday tadbirlarni doimo qöllab-quvvatlaydi.
Saudiya Arabistoni Adliya vaziri örinbosari Yasir al-Asiyn:

– Köplab tajribali va taniqli xalqaro ekspertlarning bir joyda jam bölişi va özaro fikr almaşişi, albatta, ijobiy hodisa va bu samarali natijalar körsatadi, deb öylayman. Mazkur forum nafaqat Özbekiston uçun, balki jahon hamjamiyati uçun ham manfaatlidir. Özbekiston va Saudiya Arabistoni barça sohalar böyiça hamkorlik aloqalari rivojlanişi tarafdorimiz. Xususan, adliya sohasida ham aloqalarni mustahkamlaşni istaymiz.










