Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, YeChL yo‘llanmasidan yanada uzoqlashdi
APL 36-turida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Arsenal» mehmonda «Lester»ga imkoniyatni boy berdi (0:3). «Tulkilar» safida Jyeymi Vardi ikkita gol urdi. Yana bir golga Yuri Tilemans mualliflik qildi.
«Arsenal» 36-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. «To‘pchilar» himoyachisi Enzli Meytlnd-Naylz ikkinchi sariq kartochkani olib, birinchi bo‘limdayoq jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirdi.
Bu mag‘lubiyat «kanonirlar» uchun APLda qatorasiga uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, bungacha Emeri shogirdlari «Kristal Pelas» (2:3) va «Vulverhempton»ga (1:3) yutqazishgandi.
Endilikda «Arsenal» 66 ochkosi bilan 5-o‘rinda qoldi va to‘rtlikka kirish imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. «Lester» esa ochkolari sonini 48taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi.
Angliya chempionati
36-tur
Lester – Arsenal 3:0
Gollar: 1:0 – 59 Tilemans, 2:0 – 86 Vardi, 3:0 – 90 Vardi.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Maguayr, Evans, Chiluell, Tilemans, Chouduri (Mendi, 79), Meddison, Olbrayton (Grey, 86), Ndidi (Barns, 46), Vardi.
Arsenal – Leno, Kolashinats, Papastatopulos, Mustafi, Mxitaryan (Genduzi, 73), Meytlend-Naylz, Ivobi (Koselni, 46), Torreyra, Chaka, Obameyang, Lyakazett (Nketia, 79).
Ogohlantirishlar: Meytlend-Naylz (8), Ndidi (13), Papastatopulos (64), Rikardu Pereyra (65), Chiluell (70).
Chetlatish: Meytlend-Naylz (36).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026