Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siti» texnika yordamida aniqlangan gol evaziga g‘alaba qozonib, chempionlikka yaqinlashdi
APL 36-turining markaziy o‘yinlaridan biri «Terf Mur» stadionida o‘tkazildi. «Byornli» mehmoni bo‘lgan «Manchester Siti» juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yindagi yagona golni Serxio Aguero 63-daqiqada urdi. Gol bo‘lgan vaziyatda to‘p darvoza chizig‘ini bir necha millimetrgagina kesib o‘tdi va hakam golni aniqlash texnikasi orqali hisob ochilganini qayd etdi.
Shu tariqa «Siti» chempionatdagi 30-g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 92taga yetkazib oldi va turnir jadvalida «Liverpul»ni yana ortda qoldirdi.
APLda mavsum yakunlanishiga 2 tur qolganida «Siti» «Liverpul»dan bir ochko oldinda bormoqda.
Keyingi turni «Manchester Siti» 6 may kuni o‘z maydonida «Lester Siti»ga qarshi o‘tkazadi. «Byornli» 3 may kuni «Everton» mehmoni bo‘ladi.
«Manchester Siti»ning oxirgi turdagi raqibi ligada qolish uchun kurashayotgan «Brayton» bo‘ladi, «Liverpul»ning raqiblari esa «Nyukasl» va «Vulverhempton».
APL. 36-tur
Byornli – Manchester Siti 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 63 Aguero.
Byornli – Xiton, Tarkovski, Mi, Louton, Teylor, Vestvud, Xendrik (Gudmundsson, 76), Kork, Vud (Vidra, 72), Barns, Maknil.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Uoker, Laport, Zinchenko, Bernardu Silva, Silva, Sane (Gabriel Jyezus, 64), Gundo‘g‘an, Sterling (Otamendi, 90), Aguero (Stounz, 83).
Ogohlantirishlar: Louton (87), Gundo‘g‘an (90).
Mavzuga oid
18:11 / 03.06.2026
Abduqodir Husanov APLda transfer narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘ntaligiga kirdi
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026