Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar Sergelidagi xonadonda 100 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulot saqlanayotganligini fosh etishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar saqlanayotgan xonadon fosh etildi.
Tadbirda Sergeli tumanida yashovchi fuqaro A.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, fuqaroning uyida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda davlat tilida markirovka qilinmagan qiymati 100,5 million so‘mlik 521 dona biologik faol qo‘shimchalar qayta sotish uchun qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:04 / 10.04.2022
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
20:37 / 18.11.2021
Akmalxo‘ja Mavlonov rasman Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi
15:59 / 18.11.2021