Jahon | 15:36 / 29.04.2019
8994
1 daqiqa o‘qiladi

Eron va Rossiya hamkorlikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazadi

Foto: RIA Novosti / Denis Abramov

Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari yaqin oylarda hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron HDK qo‘mondoni kontr-admiral Husayn Xonzodiy ma'lum qildi, deb xabar berdi IRNA agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylar ichida Rossiya kemalari mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun Eronning janubiy portlariga yetib keladi. Xonzodiy mashg‘ulotlar qayerda va qachon bo‘lib o‘tishi haqida aniq ma'lumot bermadi.

Agentlikning yozishicha, mashg‘ulotlar Ormuz bo‘g‘ozi hududida o‘tkazilishi mumkin. Mazkur bo‘g‘oz orqali hududdagi neftning 30%ga yaqini olib o‘tiladi.

Avvalroq Tehron Fors ko‘rfazidan Ormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi neft yetkazmalarini to‘sish bilan tahdid qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid