Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela armiyasini davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Venesuelalik harbiylar prezident Nikolas Maduroni ag‘darishga urinayotgan muxolifat tomonga o‘tishi lozim. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton aytib o‘tdi.
Bolton navbatdagi marta Maduro va uning tarafdorlarini hokimiyatni uzurpatsiya qilishda va konstitutsiyani buzishda ayblagan.
“Ular (harbiylar) Milliy assambleya va qonuniy institutlarni demokratiyaning tortib olinishiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashlari lozim”, deb yozgan Bolton tvitterda.
Bu orada Ispaniya hukumatining rassmiy vakili, ta'lim vaziri vazifasini bajaruvchi Isabel Selaa Venesuelada qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan. Uning ta'kidlashicha, Madrid demokratik va tinch jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi hamda Lotin Amerikasi davlatida darhol yangi prezident saylovlari o‘tkazilishiga chaqiradi.
30 aprelda Venesuelada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin muxolifat vakillari o‘z yetakchilari Xuan Guaydo chaqirig‘iga ko‘ra Karakas va boshqa shtatlar ko‘chalariga chiqishdi. Politsiya bilan eng keskin to‘qnashuvlar Karlota aviabazasi yaqinida bo‘lib o‘tgan. Baza yaqinidagi otishmada 6 kishi jabrlangani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026