Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz davlat universitetiga 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. fuqaro S.E.ning jiyanini tanishlari orqali Termiz davlat universitetining Iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, qonunchilikka ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ammo bunday jinoyatlar haqida qonunda belgilangan (30 kun) muddat ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shu sababli, Siz yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va'da berib, ta'magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz!», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026