Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda ilk attraksionlar bog‘i ochildi
Afg‘oniston poytaxti Kobulda mamlakatdagi ilk attraksionlar bog‘i ochildi, deb xabar berdi Euronews telekanali.
Doimiy portlashlar va teraktlardan charchagan Kobul aholisi va ularning farzandlarida urushdan biroz bo‘lsa-da dam olish, zavqlanib, kayfiyatni ko‘tarishga imkon paydo bo‘ldi. Kabul City Park deb nomlangan bog‘ Kobul daryosi bo‘yida shahar hokimligi va xususiy kompaniyalar ko‘magida qurilgan. Bog‘ 5 gektardan ko‘proq maydonni egallagan.
“Afg‘onistonliklar urushlar, portlashlar va terrorchilar hujumlaridan charchashgan. Umid qilamanki, shahar bog‘i ularning ko‘ngillariga taskin berib, birozga bo‘lsa-da baxtiyor qila oladi”, deb aytgan bog‘ direktori Habibulloh Asmatiy.
Bog‘da “tomosha g‘ildiragi” va amerikancha tepaliklarda uchish mumkin, u yerda roliklarda uchish uchun yo‘laklar, avtodrom, peyntbol uchun maydon va boshqa ko‘plab attraksionlar mavjud.
Ta'kidlanishicha, ko‘ngilochar bog‘ soat 9dan yarimtungcha ishlaydi. Kuniga unga o‘rtacha mingga yaqin odam tashrif buyurmoqda. Bog‘ga kirish chiptasi 30 afg‘oniyni (40 AQSh senti) tashkil qiladi. Attraksionlarga chiptalar esa alohida sotiladi. Bundan tashqari, bog‘da ovqatlanib, filmlar ko‘rish uchun restoran va kinoteatrga aylantirilgan eski samolyot mavjud.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026