Jamiyat | 14:38 / 02.05.2019
39475
2 daqiqa o‘qiladi

IIBB: 23-mehribonlik uyidagi hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Foto: KUN.UZ

Internetda «Yelena Polyanskaya» nomi ostidagi foydalanuvchi Yunusobod tumanidagi 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 15 yoshli R.S.ga tan jarohatlari yetkazilgani haqida ma'lumot e'lon qildi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

IIBB ma'lum qilishicha, shu yilning 30 mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi («Qiynash») 2-qismi «a» bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 7 aprel kuni ish Yunusobod tuman IIBga keyingi tergov o‘tkazish uchun yuborilgan. Tergov davom etmoqda. 

Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, bolada haqiqatdan ham yengil tan jarohatlari aniqlangan. Mehribonlik uyining tarbiyachilaridan biri tan jarohatlari yetkazishda gumon qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda o‘smir Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida professional psixologlar hamda tarbiyachilar kuzatuvi ostida, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid