Qozog‘iston prezidentining ortiqcha vazni va keksa yoshini Photoshop yordamida yashirishga urinilmoqda – OAV
Qozog‘istonda prezident vazifasini bajaruvchi Qosim-Jomart Toqayevni Photoshop dasturi yordamida yosh va g‘ayratli qilib ko‘rsatishga urinilmoqda. Vaholanki, Toqayev 66 yoshda va ortiqcha vaznga ega, deb xabar berdi “Versiya Info” nashri.
Ta'kidlanishicha, Qozog‘iston prezidentining rasmiy saytida Toqayevning “yaxshilangan” suratlari joylashtirilmoqda. Biroq ularda prezidentning terisi g‘ayritabiiy silliqligi, tekis va bir dona ajinsizligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning yoshidagi odam uchun bunday tashqi ko‘rinish juda kam uchraydigan holatdir va jarrohlik aralashuvisiz buning iloji yo‘q. Vaqtinchalik prezidentning imijmeykerlari jarrohlikka bormaslik uchun Photoshop’dan foydalanishga qaror qilishgan ko‘rinadi.
Toqayevning mahalliy OAV va rasmiy manbalarda e'lon qilingan aksariyat suratlarida uning yuzi dasturdagi “yoyish” (Blur) instrumenti yordamida naridan-beri retush qilinganini payqash mumkin.
Shuningdek, Photoshop’da Toqayevning baqbaqasi “olib tashlanib”, unga oriqroq ko‘rinish berilgan.
Ba'zi taxminlarga ko‘ra, Qozog‘iston hukumati Toqayev yoshroq va mamlakatni boshqarishga qodir shaxsdek ko‘rinishi uchun uning kamchiliklari va yoshini niqoblashga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024