Shayxontohur tumanida prokuror rahbarligidagi ikkinchi sektor qanday ishlayapti?
Bugungi kun har bir rahbardan odamlar dardi bilan yashash, ularning muammolarini vaqtida hal etib, farovon turmushini ta'minlashni davr talab etmoqda.
Poytaxtning Shayxontohur tumani prokurori Sanjar Mavlonov rahbarligidagi ikkinchi sektor a'zolari o‘z hududlarida tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e'tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, oilalarni kichik biznesga jalb qilish, moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy ishlar olib borilayotir. Haftaning juma kunida tashkil etilgan fuqarolar hamda tadbirkorlar qabuli bildirilayotgan muammolarni joyida hal etish imkonini bermoqda.
Xususan, sektorda tashkil etilgan ommaviy va sayyor qabul davomida 70 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi va natijalari bo‘yicha 15 ta murojaat qanoatlantirilib, qolgan 20 tasi shaxsan sektor rahbari nazoratiga olindi.
Jumladan, joriy yilning aprel oyiga qadar “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 12 nafar oilaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 377.000.000 so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi ta'minlangan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni himoya qilish borasida “o‘tkir suyak erimasi” tashxisi bilan nogironligi bor A.Abdurashidovga Hindiston davlatida qiymati 13 mln. so‘mlik jarrohlik amaliyotini bepul o‘tkazishga huquq beruvchi maxsus order olib berilib, 13 nafar fuqaroning uyi ta'mirlab berildi.
Bundan tashqari, kam ta'minlangan, nogiron va ijtimoiy himoya muhtoj 30 nafar oilalarning farzandlari uchun “Versal” to‘yxonasida sunnat to‘ylari o‘tkazib berilib, 10 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari olib berilib, 75 nafar fuqaroga tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatildi hamda 7 nafar nogironga uy-joy olish uchun 175 mln. so‘mlik boshlang‘ich badal to‘lovlari to‘lab berildi, shuningdek 10 nafar o‘quvchiga to‘liq komplektdagi o‘quv qurollari olib berildi.
Hududni obodonlashtirish doirasida esa sektorga biriktirilgan mahallalarga 861 ta mevali va 634 ta manzarali daraxtlar ekilishi, shuningdek, uzunligi 3 km. masofani tashkil etuvchi yo‘lga asfalt yotqizilishi ta'minlandi.
Joriy yil boshidan sektor rahbarining tashabbusi bilan Islom akademiyasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi, 950 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan tumandagi 17 ta banklar hamda 34 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etgan ushbu yarmarkada 490 ta fuqaro qatnashib, natijalari bo‘yicha 112 ta ishsiz fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi, shuningdek, maxsus kvotalangan ish o‘rinlariga 7 nafar jazoni o‘tab kelgan fuqaro yo‘naltirildi.
Sektor aralashuvi bilan investor “Zafis avto Plus” MChJning murojaatiga asosan tumandagi 115-son maktab yonida “Yoshlar mehnat guzari”ni qurish uchun 0.07 gektar, investor “Grand house” MChJning murojaatiga asosan esa Qoratosh ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi binosining orqa tomonidan 0.06 gektar yer maydonlari ajratib berilib, ularga qonun bilan belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi berildi.
Sektorlar ishini yaxshilash uchun qabul qilingan davlat rahbarining 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori har bir mas'ul idora uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mavzuga oid
13:35 / 25.09.2024
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:35 / 22.09.2024
Toshkentda ayol yosh bolasini ayovsiz urgani videosi tarqaldi
11:14 / 12.08.2024
Oynalari singan Gentra - Navoiy ko‘chasida ko‘p qavatli uy fasadidagi marmarlar ko‘chib tushyapti
09:15 / 12.07.2024