Ma’lum qilinishicha, 1950 yilda tug‘ilgan I.U. Spark rusumli avtomobilni boshqarib kelayotib, ortga qayrilib olish maqsadida o‘z harakat yo‘nalishini keskin o‘ng tomondan chapga o‘zgartirgan. Natijada shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan F.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raldi.











